아래는 노래 가사입니다. Ijozat ber , 아티스트 - Шахзода 번역 포함
번역이 포함된 원본 텍스트
Шахзода
Sokin yelar qaygʻu koʻzlaringdan,\nTinmay eslab, orzu — yuragingda,\nBejon endi sevging xayolingda,\nTinmay meni roʻyodan izlaysan.\nIjozat ber, har dam orzularingda yashay,\nIjozat ber, tunlari yulduzing men boʻlay!\nUnutib bilmaysan,\nOrzudan tonmaysan,\nNega ojiz yuragingni\nBuncha qiynaysan?\nIjozat ber, tushlaringda mehmoning boʻlay,\nIjozat ber, har dam orzularingda qolay!\nSevishdan tinmaysan,\nOrzudan tonmaysan,\nTushungin, axir oʻzgada yuragim,\nBilmaysan…\nHar on sevgi, orzu shahridasan,\nXayol ichra baxting qasridasan,\nQanday senga soʻzlarim yetkazay?\nFaqatgina orzuingda yashay!\nMahzun tunlar orzu xayolingda\nMa`yus yigʻlar,\nQaygʻu — koʻzlaringda.\nBejon endi sevging xayolingda,\nTinmay meni roʻyodan izlaysan.\nIjozat ber, har dam orzularingda yashay,\nIjozat ber, tunlari yulduzing men boʻlay!\nUnutib bilmaysan, orzudan tonmaysan,\nNega ojiz yuragingni buncha qiynaysan?\nIjozat ber, tushlaringda mehmoning boʻlay,\nIjozat ber, har dam orzularingda qolay!\nSevishdan tinmaysan, orzudan tonmaysan,\nTushungin, axir oʻzgada yuragim, bilmaysan…
다양한 언어로 된 노래
모든 언어로 고품질 번역
몇 초 만에 원하는 텍스트를 찾으세요